"Qizilqum" - "Bunyodkor" jamoalari uchrashuvi 16.00 da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2015, 13:52
Dastlabki turda o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" futbolchilarini yirik 4:1 hisobida dog'da qoldirgan "Qizilqum" jamoasidan muxlislarning umidi katta.
Navbatdagi turda navoiyliklar mamlakatimizning yetakchi jamoalaridan biri - "Bunyodkor" futbolchilari bilan kuch sinashadi. O'zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi 2-turidan joy olgan mazkur o'yin 22 mart kuni Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasi yashil maydonida bo'lib o'tadi.

Ushbu jamoalar yoshlari o'rtasidagi o'yin 21 mart kuni soat 15.00 da "So'g'diyona" stadionida boshlanishi belgilangan. Asosiy tarkiblar uchrashuvi esa 22 mart kuni soat 16.00 da Umid qo'rg'onidagi "Yoshlar" sport majmuasida start oladi.

Omad barchamizni tark etmasin!!!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz