

Oliy liganing "Qizilqum" jamoasi ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Tayyorgarlik chog'ida navoiyliklar bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazmoqda. Kuni kecha birinchi liga vakili "BNU-Osiyo" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahsda hisob ochilmadi 0:0. Bugun "Qizilqum" oliy liga vakili Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Ushbu bahs "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda soat 18:30da boshlanadi.




