"Qizilqum" belaruslik himoyachini o'z safiga qo'shib oladi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2020, 20:04
Navoiyning "Qizilqum" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida o'z safiga legioner himoyachini qo'shib olmoqchi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, o'z vaqtida AGMK safida o'ynab o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Vladislav Kasminin yaqin vaqt ichida "Qizilqum" a'zosiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, O'zbekistonda transfer oynasi 10-31 avgust kunlari ochiq bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia