Qatar yulduzlar ligasi, 7-tur. Sardor Rashidov zaxiradan maydonga tushdi va ikkita gol urdi!

29 okt 2015, 23:48
Qatar yulduzlar ligasida 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.


Hamyurtimiz Sardor Rashidov harakat qilayotgan Qatarning "Al Jayish" jamoasi chempionatning 7-turida "Al Vakrah" mehmoni bo'ldi. Sardor Rashidov uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladi. Jamoaning ishlari yurishmayotgan pallada "Al Jayish" bosh murabbiyi yurtdoshimizni ikkinchi bo'limda maydonga tushirdi. Sardor Rashidov uchrashuvning 81 va 85-daqiqalarida gol kiritdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.


Qatar yulduzlar ligasi, 7-tur.

"Al Vakrah" - "Al Jayish" 1:2

Gollar: Saez (63), Sardor Rashidov (81, 85)

"Al Jayish": K.N`Diaye, Lukash Mendesh, Naji Husseyn, Yasser Abubakar Essa, Abdulrahmon Issa, Sereqi, M.Matxani (Sardor Rashidov, 57), Romarino, Olavi, Majid Muhammad (Jeelo, 69), Hamdallah (Ribeyro, 31).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia