Qatar chempionati. 10 kishi bo'lib qolgan "Umm Salal" "Al Sadd" bilan durang o'ynadi, Rashidov 90 daqiqa harakat qildi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2022, 21:43
Qatar Yulduzlar Ligasi 2-turidan o'rin egallagan "Umm Salal" – "Al Sadd" bahsi yakunlandi.

Unda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi – 1:1. E'tiborlisi, 17-daqiqaga kelib mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Ularning safida yurtdoshimiz Sardor Rashidov deyarli to'liq o'ynab, jamoasi 1 ochko ishlashida munosib hissa qo'shdi va 90-daqiqada o'z o'rnini Abdulrahmon Raafatga bo'shatib berdi.

"Umm Salal" – "Al Sadd" 1:1

Gollar: Teysheyra 45' – Bunedja 63'

"Umm Salal": Beldi, Dehqoni, Xafifi, Umar Din, Al Rashidi, Saddiqi, Al Zarayqi (Al Sulimane, 79), Umar Yahyo (Zag'boni, 90), Rashidov (Raafat, 90), Kojia (Muhammad, 70), Teysheyra

"Al Sadd": Hudib, Al Amin, Chon, Eliti, Tabata, Gilerme, Kasorla, Al Said (Palang, 60), Ayyu, Al Yazidi (Gadilsid, 83), Bunedja 

Ogohlantirishlar: Chon (38), Saddiqi (72), Beldi (90+3), Raafat (90+5)

Chetlatish: Xafifi (17)

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia