Qatar yulduzlar ligasi 4 oylik tanaffusdan so'ng restart oladi. Bugun Sardor Rashidov jamoasi ham o'ynaydi

Alisher
24 iyul 2020, 13:37
Bugun ikki o'yin bilan QYULga restart beriladi.

Restartdan so'ng ilk o'yin "Al Garafa" va "Al Arabi" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi (Toshkent vaqti bilan soat 18:45da)

Nihoyat, Sardor Rashidov to'p tepadigan "Qatar SK" jamoasi "Al Rayyan" bilan kuch sinashadi. O'yin bizning vaqt bilan soat 21:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

"Al Duhayl" ayni damda 17 turdan so'ng jadvalda 42 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Yetakchidan 4 ochko kam jamg'argan "Al Rayyan" esa ikkinchi o'ringa joylashgan. Rashidov o'ynayotgan "Qatar SK" esa 17 turda 17 ochko to'plagan va 12 jamoa orasida 9-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia