

Hamyurtimiz Sanjar Tursunov harakat qilayotgan "Um Salal" jamoasi ushbu turda "Al Mesaymer" klubi bilan to'qnash keldi. Uchrashuvda "Um Salal" katta tashabbusga bo'ldi va raqibini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Sanjar Tursunov ushbu o'yinda to'liq o'ynadi.
"Um Salal"ga g'alaba keltirgan har ikkala golga Abdulqodir Ilyas mualliflik qildi.
Qatar yulduzlar ligasi, 18-tur.
"Um Salal" - "Al Mesaymer" 2:0
Gollar: Abdulqodir Ilyas (70, 82)
"Um Salal": Baba Malik, Velinton, Ismail Dahqani, Javad Akeel, Sanjar Tursunov, Rami Fayez, Mohammed Hamis, Nasser Saleh (Adel Ali Sulimani, 90), El Hamdaoui (Al Anabe, 80), Sagbo, Abdulqodir Ilyas (Ismail Mahmud, 86)



