

Hamyurtimiz Sardor Rashidov harakat qilayotgan Qatarning "Al Jayish" jamoasi chempionatning 12-turida o'z uyida "Umm Salal"ni qabul qildi va 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Rashidov uchrashuvda 21-daqiqada zaxirdan maydonga tushdi va jamoasining birinchi golini urdi. Takidlash lozimki, hamyurtimizning gollari soni 8taga etdi. "Al Jayish" 23 ochko bilan hamon musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda.
Qatar yulduzlar ligasi, 12-tur.
"Al Jayish" - "Umm Salal" 2:3
Gollar: SARDOR RASHIDOV 74, Romarino 77 - Velinton 7, Sagbo 14, Aliadier 63.


