Qatar. "Umm Salal"da mavsumdagi ilk g'alaba, Rashidov 75 daqiqa o'ynadi

Mirjalol Normatov
25 avg 2022
Qatar chempionatining 4-turi doirasidagi "Umm Salal" - "Al Sayliya" uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda mezbonlar Joao Karlosning goli evaziga g'alabaga erishdi. 

Bu g'alaba "Umm Salal" uchun mavsumdagi birinchisi bo'ldi. Ayni damda ushbu klub 12 jamoa ichida 10-o'rinni egallab turibdi.

"Umm Salal" - "Al Sayliya" 1:0

Gol: Joao Teysheyra (42).

"Umm Salal": N'Diae, Umar Din (Abdulrahmon Issa, 90), Hafifi, Daxkani, Zagbani, Zaki, al-Zereqi (Hasan Issa, 86), al-Rashidi, Teysheyra, Sardor Rashidov (al-Sulimane, 75), Kodjia.

"Al Sayliya": Amir Lekomt, Vittor, Fayez, al-Minxali, Essa al-Haji (Ozodi, 81), al-Obaydi, Saydani, Hussayn Atxab (Muhammad Mudatir, 67), al-Sebai, Stranberg, Fetfatzidis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia