Qatar kubogi. Sardor Rashidovning goli "Al Sadd"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
2 okt 2022, 11:55
Qatar kubogi doirasida "Umm-Salal" jamoasi "Al Sadd"ni mehmon qildi.

Bahsda mezbon jamoaning 3:2 hisobidagi g'alabasi qayd etildi. Uchrashuvda hamyurtimiz Sardor Rashidov ham gol urishga erishdi.

Ayni damda Qatar mamlakati jahon chempionati uchun tayyorgarlikni davom ettirayotgani sababli uchrashuvlar teletranslyatsiya qilinmayapti. Boz ustiga uchrashuvlar mashg'ulot maydonlarida o'tmoqda.

JCH sababli barcha stadionlar klublardan olib qo'yilgan. Masalan, "Al Arabi" klubi stadioni Braziliya termasining qarorgohiga aylantirilgan bo'lsa, "Al Sadd" stadioni Fransiya termasiga berilgan.

Ayni damda "Umm Salal" jamoasi Qatar kubogi A guruhida 3 o'yindan keyin 100 foizlik natija ko'rsatib, peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia