

O'yindagi yagona gol 85-daqiqada Akram Afif tomonidan kiritildi. O'yindan so'ng qatarliklar ustozi Feliks Sanchesning fikrlari quyidagicha bo'ldi:
- "O'ylaymanki, bu g'alaba futbolchilarimizga katta ishonch beradi. Biz kuchli jamoalarga qarshi o'ynay olishimizni ko'rsatdik. Bundan keyin ham shunday ishlashda davom etishimiz kerak. Qatarlik muxlislar terma jamoadan xursand. Biz Osiyo Kubogida ham ularning ishonchini qozonishga harakat qilamiz. Qatardek jamoani boshqarib, Shveytsariyani mag'lub etish oson emas. Lekin biz buni uddalay oldik".
Kecha bo'lib o'tgan o'yinda Qatar atigi ikkita aniq zarba berib, shundan bittasida gol urdi. Shveytsariya termasi esa butun o'yin davomida 17 marta aniq zarba yo'llab, birorta to'p kirita olmadi. Eslatib o'tamiz, Qatar Osiyo Kubogi-2019da Saudiya Arabistoni, Livan va KXDR bilan bitta guruhda joy olgan.



