Qatar safida necha nafar mahalliylashtirilgan futbolchi bor?

Narzulla Saydullayev
2 sen 2016, 17:34
JCH-2018 saralashi doirasidagi Eron - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qatar terma jamoasi so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

6 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Doxada Qatar mehmoni bo'ladi. Biz Eron bilan bahsda Qatar terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan futbolchilarning qaysi mamlakatda tug'ilganiga e'tibor qaratdik.

Asosiy tarkibda o'ynagan 11 nafar futbolchining faqat 4 nafari Qatarda tug'ilgan ekan. O'yin qaydnomasidan o'rin olgan 23 nafar o'yinchining 11 nafari boshqa mamlakatlarda tug'ilishgan.


Quyida Qatar terma jamoasi futbolchilari va ular qaysi davlatda tavallud topgani keltirilgan:

Eron bilan o'yinda asosiy tarkibda tushganlar:

Lekomt-Addani - Fransiya
Bualem Xuxi - Jazoir
Abdulkarim Hassan - Qatar
Pedro Migel Korreya - Kabo-Verde
Ahmad Yossir - Qatar
Rodrigo Tabata - Braziliya
Ali Assadalla - Qatar
Karim Budiaf - Fransiya
Luiz Martin - Braziliya
Hassan Al Haydos - Qatar
Sebastyan Soriya - Urugvay

Zaxiradan tushganlar:
Akrom Afif - Qatar
Muhammad Musa - Qatar
Muhammad Kasola - Gana

Qaydnomaga kiritilgan ammo maydonga tushmagan mahalliylashtirilgan futbolchilar:

Ahmad El Sayid - Misr
Omar Barri - Gvineya
Tresor Kangambu - DR Kongo

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia