

JCH, 1/16 final
Angliya - Kongo DR 2:1
Gollar: 7 - Brayan Sipenga, 75, 86- Xarri Keyn
Angliya: 1. Jordan Pikford, 25. Jed-Xotep Spens (21. Eberechi Eze, 70’), 2. Ezri Konsa, 6. Mark-Izrael Gexi, 3. Niko O'Rayli, 8. Elliot Anderson, 4. Deklan Rays, 10. Jud Bellingem, 11. Markus Reshford (18. Entoni Gordon, 61’), 9. Xarri Keyn, 20. Chukvunonso Madueke (7. Bukayo Saka, 61’).
Zaxira: 13. Din Xenderson, 23. Jeyms Trafford, 12. Trevo Chaloba, 15. Daniel Byorn, 24. Ris Jeyms, 26. Jarell Kuansa, 14. Jordan Xenderson, 16. Kobbi Maynu, 17. Morgan Rojers, 19. Olli Uotkins, 22. Ayvan Toni.
Kongo DR: 1. Lionel Mpasi, 2. Aaron Van-Bissaka, 22. Shansel Mbemba, 4. Aksel Tuanzebe, 26. Artur Masuaku (12. Joris Kayembe-Ditu, 89’), 8. Samyuel Mutussami (19. Fiston Mayele, 89’), 14. Noa Sadiki, 6. Ngalayel Mukau (25. Edo Kayembe, 76’), 9. Brayan Sipenga (10. Teo Bongonda, 76’), 20. Yoan Vissa, 7. Natanael Mbuku (13. Meshak Elia, 64’).
Zaxira: 16. Timoti Fayulu, 21. Mattyo Epolo, 3. Stiv Kapyuadi, 5. Dilan Batubinsika, 24. Jedeon Kalulu, 15. Aaron Tshibola, 18. Sharl Pikel, 11. Gael Kakuta, 17. Sedrik Bakambu, 23. Simon Banza.
Ogohlantirishlar: 19 - Jud Bellingem, 28 - Noa Sadiki
🕘 90+7. O'yin yakunlandi!
90+6. Kongo jarima zarbasiga ega bo'ldi, berilgan zarba aniq bo'lmadi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
87. “Bavariya” hujumchisi o'z terma jamoasi qutqaruvchisi bo'lmoqda. Zo'r o'yin!


⚽️ 86. GOL! Keyndan dubl! Dastlab darvoza tomon Jud zarba berdi, Mpasi qaytardi, ikkinchi tempda hujum davom etdi va uni Xarri darvozaga yo'lladi, bu aniq bo'ldi!
85. Elianing zarbasidan so'ng to'pni Pikford ushlab oldi.
81. Angliya hujumlar sonini oshirdi.
76. Barchasi qaytadan boshlanadi, biroq endi vaqt biroz kam qoldi.


⚽️ 75. GOL! Keyn hisobni tenglashtirdi! Gordonning uzatmasidan so'ng Xarri bosh bilan zarba berdi va gol urdi!
68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
63. Mbukuning olisdan yo'llagan zarbasi Andersonga tekkan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
58. Reshforddan yana bir zarba, biroq bu ham noaniq ketdi.
54. Angliyaning navbatdagi zarbasi Reshforddan bo'ldi, ammo noaniq.
53. Judning kuchli zarbasini yana Mpasi qaytardi!
51. Reshford chap qanotdan oldinga yurish qilib zarba berdi, ammo to'p darvoza to'rining tashqi tarafiga tegdi.
48. Ikki terma jamoa ham bo'limni hujum bilan boshladi. Bu, o'z navbatida, ikki jamoaning golga chanqoqligini bildiradi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+7. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+6. Burchakdan uzatilgan to'pni Keyn darvozaga yo'lladi va yana Mpasidan seyv!

45+2. Mpasi nimalar qilmoqda? Darvoza tomon yo'llangan zarbasini kongolik posbon qaytardi!
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
44. Holat VARda ko'rildi, hech qanaqa penalti yo'q!
43. Kongo darvozaboni Keyn bilan to'qnashdi, hujumchi yiqildi, bosh hakam bu vaziyatda qoida buzilmaganini bildirdi.
42. Yoan Vissa o'ziga uzatilgan to'pni darvozagacha chamasi 5 metrlardan turib yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuniga tegdi!

35. Qanday vaziyat?! Reshford juda qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo himoyachi qaytardi to'pni!
30. Bellingemning bosh bilan yo'llagan aniq zarbasini darvozabon qaytardi!
28. Jarima zarbasidan uzatilgan to'p Konsaga tegib darvoza tomon bordi, ammo aniq bo'lmadi.
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
21. Endi Kongo sekin-asta ustunlikni o'z tomoniga og'dirishga urinmoqda.

18. Inglizlar harqancha urinmasin, aytarli xavfli vaziyat tashkil qila olmayapti.
14. Angliya bosimni oshirdi, raqib himoyasini “qamab qo'ydi”.
9. Masuaku va Mpasi-Nzo bir-birini ko'rmasdan, maydonda to'qnashdi.
8. Tezkor gol urildi o'yinda, buyog'inga inglizlar shiddatni oshirishi aniq.


7. GOL! Sipenga hisobni ochdi! Markazdan uzatilgan to'pni Brayan darvozaga aniq yo'lladi!
4. Dastlabki daqiqalarni afrikaliklar faol boshlashdi.
1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasidagi Angliya - Kongo DR uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



