

Qatarda o'tkazilayotgan Jahon chempionati "A" guruhi o'yinlari yakunlandi. Guruh bosqichini omadsiz o'tkazgan Qatar termasi bir necha antirekordlar qayd etdi.
Jumladan, Qatar Jahon chempionati guruh bosqichida uchta o'yinda ham mag'lub bo'lgan tarixdagi ilk mezbon jamoa bo'ldi. Shuningdek, Qatar guruh bosqichida o'tkazib yuborilgan gollar bo'yicha ham mezbonlar orasida tarixdagi eng yomon natijani qayd etdi - 7 ta gol.




