Pyanich "Yuventus"ga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi

Alisher
24 iyul 2021, 11:25
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich "Yuventus"ga qaytishni xohlamoqda.

O'yinchining agenti "Yuventus"ga ijara asosida o'tish ustida ishlamoqda. "Barsa" bosh murabbiyi Ronald Kuman unga ishonch bildirmayapti.

Bosniyalik jamoaga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi. "Yuventus"da shuningdek bitimni uzaytirish bandi bo'ladi.

31 yoshli futbolchi "Barselona"ga "Yuventus"dan o'tgandi. U o'tgan mavsum "Barsa" libosida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport