"PSJ" 4-marotaba Fransiya kubogini qo'lga kiritdi (FOTO)

Narzulla Saydullayev
20 apr 2014, 14:13
Kecha Fransiyada mamlakat kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Edison Kavanining dubli evaziga “PSJ” “Lion” jamoasi ustidan 2:1 xisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, parijliklar ushbu kubokni 4-marotaba qo'lga kiritdilar.

Bungacha “PSJ” 1994/95, 1997/98 va 2007/08 yilgi mavsumlarda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan edi. “Lion” esa faqatgina 2000/01 yilgi mavsumda mamlakat kubogini boshi uzra baland ko'targandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com