

"B" guruhida Fransiyaning PSJ klubi Belgiyaning "Anderlext" jamoasini qabul qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, parijliklar o'z guruhlarida 4-turdan keyinoq 12 ochko bilan muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildilar. E'tiborga molik tomoni PSJ YCHLning 4 o'yinida hozircha hammadan ko'p gol urishdi - 17ta va eng kam gol o'tkazib yuborishdi - 0ta.
PSJ YCHLda joriy mavsum:
O'yin: 4
G'alaba: 4
Durang: 0
Mag'lubiyat: 0
Urilgan gollar: 17
O'tkazib yuborilgan gollar: 0





