PSJ va "Napoli"ning sobiq futbolchisi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2024, 20:56
PSJ va "Napoli" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Esekel Lavessi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.

Argentina termasining sobiq futbolchisi taqiqlangan moddalarni istemol qilish bilan muammolari bor.

Lavessining oila a'zolari ham sobiq futbolchining shunday yomon odati borligini tasdiqlagan. Ularning aytishlaricha, Lavessida ruhiy muvozanatni buzuvchi ovozlar eshitilib turgan.

Aynan shu sababli Lavessi bunga qadar ham shifoxonalarda davolangan va ushbu odatini tashlashga harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca