PSJ sport direktori Neymar va Mbappe haqida: “Tez orada hal qiluvchi palla keladi”

Eldor Akmurzayev
25 fev 2021, 21:45
Parijliklar rahbariyati vakili Leonardo jamoa yetakchilari Neymar va Kilian Mbappening yangi shartnomalari haqida so'z ochdi.

“Kilianga kelsak, u haqidagi bazi muhokamalar meni hayratda qoldirdi. Uning o'z yo'li bor. Uning jamoadagi o'rni tobora muhim bo'lib bormoqda. U allaqachon mas'uliyatni o'z qo'liga olgan, shuningdek, unda stabillik va aniq fikr bor.

U bilan gaplashmoqdamiz, uzoq muzokaralarni davom ettirmoqdamiz. Bizning poziciyamiz esa aniq, nima istashimizni bilamiz. Tez orada yakuniy qaror qabul qilinadigan palla keladi. Muzokaralarning boshlanishi ijobiy natijaga umid bermoqda.

Neymar bilan ham suhbatlashib turibmiz. Biz to'g'ri yo'ldamiz, ammo yangi bitim hali imzolanmadi. U bilan ishlash juda yoqimli. Maqsadimiz – tezroq kelishuvga erishish.

Shu kabi holat Anxel Di Mariya va Xuan Bernatga ham tegishlidir. Yuqoridagi futbolchilar bilan shartnomalarni yangilash niyatidamiz”, deydi sport direktori.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le Parisien