PSJ Skamakkaga 5 yillik shartnoma taklif qildi

Mirjalol Normatov
18 iyun 2022, 23:53
PSJ "Sassuolo" forvardi Janluka Skamakka transferi borasida ishlamoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, parijliklar italiyalik hujumchiga yiliga 3,5 million evro maoshi bor 5 mavsumlik shartnoma taklif qilgan.

"Sassuolo" esa o'z hujumchisining ketishidan 45 million evro ishlab olmoqchi. PSJ esa klubga 30 million evro taklif qilgan. Taklifda bonus pullari borligi sababli "Sassuolo" muzokaralarni boshlashga tayyor turibdi.

Janluka o'tgan mavsum A Seriyada 36 o'yinda 16 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira