PSJ o'z tarbiyalanuvchisini 40-50 mln. evroga sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2024, 23:30
PSJ yozda klub tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytarmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" vingeri Kingsli Koman parijliklarning transfer ro'yxatidan joy olgan. 28 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar boshlab yuborilgan.

Myunxenliklar Komanni faqatgina yaxshi taklif bo'lganida qo'yib yubormoqchi. Kingsli 40-50 mln. evroga baholanyapti. U yiliga 15 mln. evro ishlab topadi.

Fransiyalik so'nggi mavsum Bundesliganing 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urgan.

Koman PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005-2013 yillarda Parij klubi akademiyasida tahsil olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal