PSJ "Napoli" futbolchisi uchun 80 mln. evro taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2018, 16:40
Fransiyaning PSJ klubi "Napoli" yarim himoyachisi Markes Allanni xarid qilishga urinib ko'rishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi neapolliklarga 27 yoshli braziliyalik uchun 80 mln. evro taklif qilmoqchi. Shunday qilib, PSJ tez orada klubni tark etadigan Adrien Rabo o'rnini to'ldirmoqchi.

Joriy mavsum Allan A Seriyaning 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport