PSJ himoyachisi “Borussiya” bilan kelishuvga erishdi

22 iyun 2020, 22:38
PSJ himoyachisi Toma Mene faoliyatini Germaniyada davom ettiradi, deya xabar bermoqda Bild.

Nashr xabariga ko'ra, 28 yoshli belgiyalik futbolchi Dormutndning “Borussiya” klubi bilan to'rt yillik shartnomaga imzo chekishga rozilik bildirgan. Futbolchi PSJ rahbariyati tomonidan amaldagi shartnomani uzaytirish borasidagi taklifga rad javobini bergan va u YCHL bahslarida parijliklarga yordam bermaydi. Futbolchining 26 iyun kuni Dormutnd klubi safiga kelib qo'shilishi kutilmoqda.

2019/20 yilgi mavsumda Mene parijliklar safida barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvda maydonag tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Bild