PSJ futbolchisi Paredes qaysi klubda o'ynashni orzu qilishini aytdi

Alisher
7 may 2022, 12:00
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes qaysi klubda harakat qilishni xohlashini aytdi.

"Real"da o'ynashni xohlardim. Barcha o'yinchilar ushbu klub libosini kiyishni orzu qilishadi deb o'ylayman. Bu ramziy jamoa, ammo men PSJni hurmat qilaman va Parijda juda ham baxtliman", - deydi Paredes.

27 yoshli yarim himoyachi PSJda 2019 yildan beri o'ynaydi va 113ta o'yinda maydonga tushdi.

Paredes joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TyC Sports