Leandro Paredes "Roma"ga o'tishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
14 avg 2023
"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Leandro Paredes "Roma"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub futbolchi transferi bo'yicha aloqaga chiqib ulgurgan hamda Paredesning o'zi rimliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.

Argentinalik "bo'rilar" safida 3 mln evro evaziga "Renn"ga o'tayotgan Nemanya Matichning o'rnini egallashi kutilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com