PSJ bu mavsum Fransiya chempionatida ilk bor mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
29 fev 2016, 08:30
PSJ Fransiya chempionatining 28-turida Lionga yutqazib qo'ydi (1:2).

Ushbu mag'lubiyat Parij klubi uchun bu mavsumda ichki chempionatdagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.

So'nggi bor Loran Blan shogirdlari o'tgan yil mart oyida Bordoga yutqazib qo'ygandi (2:3).

PSJ ayni paytda ikkinchi o'rindagi Monakodan 23 ochko farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr