Prokuror Messining otasiga bir yarim yil qamoq jazosi berilishni so'radi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2016, 17:04
Ispaniyada Barselona hujumchisi Lionel Messi va uning otasi ustidan sud ishi davom etmoqda.

Argentinalik futbolchi va uning otasi soliqlarni to'lamaganlikda ayblanmoqda. Prokuror Rakel Amado hujumchini oqlash tarafdori. Biroq uning otasi, Xorxe Messi uchun Amado bir yarim yil qamoq jazosi tayinlanishini talab qilmoqda.

Prokurorning fikricha futbolchi soliqlarni to'lamaslik sxemalarini bilganini isbotlab bo'lmaydi. Kecha Lionel noqonuniy operaciyalardan xabari yo'qligini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ondacero.es