

Balogun JCH-2026 1/16 finalida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi kechgan bahsda (2:0) Tarik Muxaremovichning oyoq to'piga bosib olgani uchun VAR tekshiruvidan so'ng qizil kartochka olgandi. Keyinchalik Balogunning bir o'yinlik diskvalifikaciyasi bir yillik sinov muddati bilan to'xtatib turildi – AQSH hujumchisi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi maydonga tushishi mumkin edi.
Donald Tramp Janni Infantinoga ikki marta – Balogun chetlatilganidan so'ng va diskvalifikaciya to'xtatilganidan keyin qo'ng'iroq qilgani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik AQSH prezidenti FIFA rahbari bilan gaplashganini tasdiqladi.
"Men Folarin Balogunning diskvalifikaciyasi yuzasidan FIFA mustaqil intizom qo'mitasining qaroriga nisbatan bildirilgan jamoatchilik fikrlari bilan tanishdim va FIFA boshqaruvining asosiy tamoyilini yana bir bor takidlamoqchiman.
FIFA sud organlari mustaqil. Ular avtonom ravishda harakat qiladi, FIFA intizom kodeksini qo'llaydi va mavjud qoidalar hamda aniq faktlar asosida ishlarni ko'rib chiqadi. Ularning mustaqilligi futbolga bo'lgan ishonch va uning yaxlitligi uchun juda muhim va bunga doimo rioya qilinishi kerak.
Ha, men AQSH prezidenti bilan jahon chempionatiga oid mavzularni muntazam muhokama qilaman va Donald Tramp darhaqiqat menga ushbu masalada qo'ng'iroq qildi. Xuddi shunday, menga butun dunyo bo'ylab davlat rahbarlari, rasmiylar, futbol sohasidagi manfaatdor tomonlar va biznes rahbarlari ko'plab masalalar bo'yicha qo'ng'iroq qilishadi. Suhbatimiz davomida men hozirda FIFAning mustaqil sud organlari ishtirokida sud jarayoni ketayotganini va bu ish bo'yicha qaror belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan qabul qilinishini tushuntirdim. FIFA tizimi aynan shunday ishlaydi va men bu tamoyilga doimo amal qilaman.
Men FIFA Intizom qo'mitasining qarorlari e'lon qilinganda ularni o'qib chiqaman. Bazida ular meni hayron qoldiradi. Bazida men ularga qo'shilaman, bazida esa yo'q. Biroq, men bu qarorlarni va ularni qabul qiluvchi organlarning avtonomiyasini doimo hurmat qilaman. Biror qaror bizga shaxsan yoqadimi yoki yo'q, bu muhim emas. Mustaqil institutlar va qonun ustuvorligini hurmat qilish – bu musobaqalarimiz halolligini va FIFAga bo'lgan ishonchni himoya qiluvchi narsadir", – deya Infantinoning so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.


