

Quyi beshlik klublari uchun qur'a marosimi shu haftaning ikkinchi yarmida o'tkaziladi.
Boisi, “Zomin”, “Yangier”, “Aral samali” futbol klublari O'zPFL oldidagi majburiyatlarini shu vaqtga qadar bajarmay kelmoqda. Mazkur klublarga 14 sentyabr sanasiga qadar masalani hal qilish uchun muddat berildi. Aks holda ular II bosqich oldidan musobaqadan chetlashtiriladi.
Pro ligada birinchi bosqich yakunlandi. Endi jadval teng ikkiga bo'linadi



