Pro liga. Bugun 9-turga start beriladi

Tolibjon Qosimov
22 may 2024, 11:45
Bugun Pro liganing 9-tur bellashuvlariga start beriladi.

Bugunga faqat bitta o'yin belgilangan: "Sho'rtan" - "Xorazm". "Buxoro" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi turning markaziy bahsi esa 24 may sanasiga belgilangan.

Pro liga

9-tur

22.05.2024, 18:00

"G'uzor" markaziy stadioni

"Sho'rtan" - "Xorazm"

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Qanot hakamlari: Islom Azimov, Sherzod A'zamov

Zaxira hakami: Naim Qosimov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Feruz G'aniev


9-tur oldidan Pro liga turnir jadvalida "Buxoro" va "Qo'qon-1912" jamoalari 16 ochkodan jamg'arib qo'shhokimlik o'rnatishgan. "Mashal"da 15, "Aral"da esa 14 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia