"Real" ikki sababga ko'ra Portugaliya terma jamoasi a'zosidan voz kechdi

Alisher Ostonov
31 yanv 2026, 11:54
"Al Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh Madridning "Real" klubiga o'tmaydi.

Ispaniya grandi Yevropaning boshqa top-klublari qatorida 28 yoshli futbolchiga da'vogarlar qatorida tilga olingandi.

“Qaymoqranglilar" portugaliyalik nomzodini ikki sababga ko'ra ko'rib chiqishdan bosh tortgan - uning yoshi va qishki transfer oynasida futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishni istamagani.

Mish-mishlarga ko'ra, Neveshning o'zi faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi bo'lgan. "Vulverxempton" sobiq yulduzining "Al Hilol" bilan amaldagi shartnomasi yarim yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Xavbekning transfer narxi Transfermarkt tomonidan 25 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: COPE