PRO-Liga, “A” guruhi 4-tur. Eng ko'p muxlis Termizda, Farg'onada esa aksincha

Narzulla Saydullayev
26 apr 2018, 14:04
Xabaringiz bo'lsa kerak, kuni-kecha PRO-Liganing 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, turning e'tiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

Avvalo quyida stadionga muxlislarning tashrifi bo'yicha raqamlarga murojaat qilaamiz.

PRO-Liganing, “A” guruhidagi 4ta o'yinga jami 5 636 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Har bir uchrashuvga o'rtacha 1 409 ta ishqiboz demakdir.
Muxlislar tashrifi bo'yicha bu turda termizliklar peshqadamlik qildi. Turning markaziy o'yini – “Surxon” – “Andijon” uchrashuviga 3558ta ishqiboz tashrif buyurdi.

Aksincha Farg'onadagi “Neftchi SK” stadionida kechgan “Istiqlol” – “Dinamo” o'yiniga eng kam muxlis kirgan, 298ta.
“Norin” – Xorazm” va “Sho'rtan” – “Orol” o'yiniga kirgan muxlislar soni 1000tadan oshmagan.


Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“ISTIQLOL” – “DINAMO” - 2:1 (1:0).

Farg'ona shahri. “Neftchi” sport qarorgohi maydoni. 298 tomoshabin.

“NORIN” - “XORAZM” - 1:1 (0:1).
Xaqqulobod shahri. “Shodlik” stadioni. 923 tomoshabin.

“SURXON” – “ANDIJON” - 3:1 (0:0).
Termiz shahri. “Alpomish” stadioni. 3558 tomoshabin.

“SHO'RTAN” – OROL” - 1:1 (0:0).
G'uzor shahri. “G'uzor” stadioni. 857 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia