Prevyu. "Sho'rtan" - "Olmaliq"

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016, 10:00
Oliy liganing bu turida "Sho'rtan" va "Olmaliq" to'qnashuvi bo'lib o'tadi.

Sho'rtan (G'uzor) – Olmaliq (Olmaliq)
11 iyun 2016. G'uzor. "Sho'rtan" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Burov (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
UzPFL vakili: R. Chernikov.

“Sho'rtan” va “Olmaliq” oliy ligada 14 marta o'zaro o'ynashgan. “Olmaliq” 5ta, “Sho'rtan” 4ta o'yinda g'olib bo'lgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida kichik ustunlik “Olmaliq” tomonida - 22:19. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 20, “Sho'rtan” esa 17 ochko to'plagan.

“Sho'rtan”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:3ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi esa 3:0.

2015 yilda G'uzordagi o'yinda jangovor durang qayd etilgan. Mezbonlar safida Olim Karimov, Viktor Karpenko va Suhrob Berdiev, “Olmaliq” tarkibida Shavkat Salomov, Adrian Kashkaval va Doniyor Ismoilov gol urishgandi – 3:3. Olmaliqda Salamat Qutiboev va Nemanya Yovanovich (2ta) mehmonlarni ranjitishgan. Bunga Suhrob Berdiev bir bor javob bergan xolos – 3:1.

G'uzorda bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
10.05.2015  Sho'rtan - Olmaliq 3:3
11.05.2013  Sho'rtan - Olmaliq 1:1
28.04.2012  Sho'rtan - Olmaliq 1:1
21.08.2011  Sho'rtan - Olmaliq 2:0
18.09.2010  Sho'rtan - Olmaliq 5:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: G'uzordagi 7ta o'yinning 3tasida “Sho'rtan” uch ochkoni o'zida olib qolgan. To'rtta bahsda tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishgan.  “Olmaliq” o'z tarixida umuman G'uzorda g'alaba qozona olmagan. G'uzordagi oxirgi uchta uchrashuvda faqat durang qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia