Prevyu. “Qo'qon-1912” - “So'g'diyona”

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2018, 15:49
Superliga 19 -tur doirasida “So'g'diyona” safarda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

E'tiboringizga jamoalarning Qo'qondagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU  MAVSUMDA

Birinchi davra 8-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilgan edi. O'yinning 5 daqiqasida Murod Xolmuxammedov penaltidan hisobni ochgan bo'lsa,Sardor Azimov 57 daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgan.


O'YINI AHROL RISQULLAEV BOSHQARADI


“Qo'qon-1912” - “So'g'diyona” o'yinini Ahrol Risqullaev  boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Doniyor Saylalov  va Rishat Nug'monovlar yordam beradi. Zahiradagi hakam Farrux Yansupov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Roman Chernikov


O'ZARO USTUNLIK

“Qo'qon-1912” hamda “So'g'diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha  23  bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 11 ta, “Qo'qon-1912” hisobida 7  ta g'alaba mavjud. 5 ta o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  jizzaxliklar tomonida:  28:38  . “So'g'diyona”  o'zaro o'yinlarda 38 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa,  “Qo'qon-1912”  26  ochkoni qo'lga qiritgan.


“Qo'qon-1912” maydonida o'tgan so'nggi 5 ta uchrashuv :
20.06.2017 Qo'qon-1912 – So'g'diyona 3:2
16.06.2016 Qo'qon-1912 – So'g'diyona 1:2
05.11.2015 Qo'qon-1912 – So'g'diyona 1:3
11.05.2002 Qo'qon-1912 – So'g'diyona 1:0
12.09.2000 Qo'qon-1912 – So'g'diyona 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Qo'qondagi 11 ta o'yindan 2 tasida “So'g'diyona”, 7 tasida “Qo'qon-1912” g'alaba qozongan. 2 ta  uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

O'YIN VAQTI VA JOYI:

Yoshlar ligasi bahsi 28 iyul kuni soat 17:30 da Uch ko'prik “Markaziy” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi 29 iyul kuni soat 19:00 da  Qo'qon “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Fcsogdiana.uz