Prevyu. "Qizilqum" - "Andijon"

Narzulla Saydullayev
14 may 2016, 09:48
Oliy liganing 9-turida "Andijon" klubi Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

Qizilqum (Navoiy) – Andijon (Andijon)
14 may 2016. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:00
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

“Qizilqum” va “Andijon” oliy ligada jami 28 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Navoiyliklar 14 ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. 12 uchrashuvda esa “Andijon” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Qizilqum” oldinda - 48:41. O'zaro o'yinlarda “Qizilqum” 44 ochkoni, “Andijon” esa 38 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Qizilqum”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:2 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 5:1 bo'lib turibdi.

O'tgan yil Navoiydagi bahs taqdirini Andrey Derkach tomonidan urilgan gol hal qilgandi – 1:0. Vodiydagi uchrashuvda esa gollar shousi bo'lgandi. Mezbonlar safida Asqar Jadigerov, Anvar Berdiev va Abdulatif Abduqodirov to'p kiritishgandi. “Qizilqum”dan Bahriddin Vahobov va Navro'zbek Alimov javob berdi – 3:2.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.04.2015  Qizilqum – Andijon  1:0
23.03.2014  Qizilqum – Andijon  1:0
15.06.2012  Qizilqum – Andijon  1:2
13.08.2011  Qizilqum – Andijon  2:0
15.05.2010  Qizilqum – Andijon  2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Andijon” klubi o'z tarixida “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan 14ta o'yinning bittasida g'olib bo'lgan (2012) va bir bor durang (2008) o'ynagan. Qolgan 12 uchrashuvda Navoiy klubi o'z uyida muvaffaqiyatga erishgan. Oxirgi ikki yilda “Qizilqum” gol o'tkazmagan va ikki bor g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia