Prandelli: Del Pero va Tottida Jahon chempionatiga borish imkoniyati mavjud

20 avg 2013, 15:16
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandellining takidlashicha, Franchesko Totti, Antonio Di Natale va Alessandro Del Perolar uchun terma jamoa eshigi doimo ochiq va ular 2014 yil Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati ishtirok etishlari mumkin.

- Terma jamoa eshiklar barcha futbolchilar uchun ochiq. Jahon chempionatiga kim tayyor bo'lsa o'sha boradi. Masalan bular Totti, Di Natale va Del Perolar ham bo'lishi mumkin. Ularning har birida terma safiga kirish imkoniyati mavjud. Ha albatta Kassano haqida ham unutmaslik kerak, - mutaxassisning so'zlarini keltiradi "Football Italia".


Manba: football.kulichki.net