Portugaliya 2019 yilda Millatlar Ligasining final bosqichiga mezbonlik qiladi

18 noya 2018, 07:25
Milanda o'tgan Italiya- Portugaliya (0:0) uchrashuvida hisob ochilmadi.

Natijada Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi turnirida birinchi bo'lib pley-off bosqichiga yo'l oldi. Reglamentga muvofiq kelgusi yili iyun oyida o'tkaziladigan turnirning final bosqichiga ham aynan Ronaldu vatandoshlari mezbonlik qilishadi.

UEFA ijroqumi 3 dekabr kuni Dublinda o'tkaziladigan yig'ilishda Portugaliyani turnir mezboni sifatida rasman tasdiqlashi kutilmoqda. Shu kuni musobaqaning final bosqichiga ham qur'a tashlanishi ko'zda tutilgan.

Millatlar ligasi musobaqasining final bosqichi 5-9 iyun kunlari Portugaliyada bo'lib o'tadi. Mezbonlar bellashuvlar uchun tashkiliy qo'mitaga ikkita stadion “Dragau” (Portu) va “Afonsu Enrikesh” (Gimaraynsh) taklif qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти