Policiya "Real"ning AQSHdagi bazasini tekshirdi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 17:12
"Real" AQSHda yig'in o'tkazayotgan bazada policiya o'z itlari bilan tekshiruv ishlarini o'tkazdi.

Oldinroq madridliklar ilk mashg'ulotini o'tkazgan edi.

"Real" AQSHda o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi + FOTO

Tunda dam olish hududida shubhali paket aniqlangani ma'lum qilindi. "Real" mashq o'tkazayotgan baza Kaliforniya universitetining bir qismi hisoblanadi.

Natijada kampusning markaziy qismida joylashgan talabalarning 3 ta yashash joyi evakuaciya qilindi. Policiya hududni tekshiruvdan o'tkazdi, ammo hech narsa topa olmadi. Tun yarmida hammaga o'z xonasiga qaytishga ruhsat berildi.

Bugun, 13 iyul kuni "Real" xuddi shu bazada mashq o'tkazadi. "Manchester Yunayted" ham shu yerda shug'ullanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS