Pol Skoulz: "Manchester Yunayted"da dangasalar juda ko'p"

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 12:32
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoaning APLda "Nyukasl"dan uchragan mag'lubiyati haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" - ayni damda APLning eng yomon jamoasi. Tarkibda dangasalar juda ko'p, shu sababli ular bilan qo'l shimarib, ish boshlab bo'lmaydi. So'nggi paytdagi natijalar esa aldamchi", - dedi Skoulz.

14-turga kelib mankunianliklar 24 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Erik ten Xag shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal