Pol Pogba: “Mour bilan munosabatlarim yaxshi, ketish haqida o'ylamayapman”

24 apr 2018, 00:34
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba jamoasini almashtirmasligi va bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan munosabatlari yaxshi ekanligini ma'lum qildi.

“Ayni paytda men “Manchester Yunayted”daman va ochig'i, hozir kelajak haqida o'ylamayapman. Tranfserlar masalasida ham xuddi shunday. Biz Angliya Kubogi finaliga chiqdik. Tez kunda JCH-2018 boshlanadi. 

Shuningdek, bosh murabbiy bilan ham o'rtada hech qanday muammo yo'q. O'ylashimcha, u ham xuddi shunday fikrda. Qarorni bosh murabbiy qabul qiladi. Futbolchi sifatida har qanday qarorni qabul qilaman”, - dedi Pogba.

O'xshash yangiliklar