

"Chelsi" - xavfli maxluq. Tarkibda ko'plab ijrochilar bor, biroq shunchaki jamoaviylik yetishmayapti. Agarda barchasi o'xshasa, "Lester"dagi o'yin kabi sifatli bo'ladi.
"Chelsi" zo'r haftani o'tkazdi, "Lids", "Borussiya" va "Lester"ni mag'lub etdi. Endi o'z maydonida "Everton"ga qarshi o'ynaydi va seriyasini davom ettiradi. Futbol shunday g'alati narsaki, bu erda istalgan paytda hammasi o'zgarib ketadi. Yaqindagina yirik hisobda g'alabaga erishgan "Liverpul" safarda "Bornmut"ga yutqazdi.
Agarda chorak finalda "Chelsi"ga "Bavariya" yoki "Manchester Siti" to'qnash kelmasa, qolgan istalgan jamoani mag'lub eta oladi. Agarda ushbu jamoalardan biri tushmasa, "Chelsi" yarim finalga chiqadi", - dedi Merson.



