Kilian Mbappe JCHda navbatdagi rekordini o'rnatdi

10 iyul 2026, 08:50
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 1/4 finalidan o'rin olgan Marokash milliy jamoasiga qarshi o'yinda (2:0) gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Endilikda "uchranglilar" sardori hisobida turnirda urilgan sakkizta gol mavjud.

Mbappe ikkita turli jahon chempionatida kamida sakkiztadan gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.

JCH-2026 yarim finalida Fransiya milliy terma jamoasi Ispaniya - Belgiya (10 iyul) juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta