Pogbalarning kattasi faoliyatini AQSHda davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2019, 14:46
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi Florentino Pogba faoliyatini AQSHda davom ettiradi.

Ayni damda erkin agent bo'lib turgan 28 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida "Atalanta Yunayted" bilan shartnoma imzolaydi.

Pogba faoliyatini 2011 yil "Sedan" klubida boshlagan. Futbolchi 2012-2018 yillarda "Sent-Eten" sharafini himoya qildi, shundan so'ng u Turkiyaning "Genchlerbirligi" klubiga o'tdi. Yozda tomonlar kelishuvni bekor qilishdi. Katta Pogba ukasidan farqli ravishda Gvineya terma jamoasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe