Pogba: "Murabbiy va futbolchi do'st bo'lishi kerak, biroq...”

Mirjalol Normatov
21 may 2018, 19:06
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bosh murabbiy Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.

"U meni zaxiraga o'tkazdi va men bunga maydondagi o'yinlarim bilan javob berdim. Uchrashuvlarda bor kuchim bilan harakat qildim. Murabbiy va futbolchi do'st bo'lishi kerak, biroq ular birga restoranga borishi shart emas.

Menda ayrim muammolar ko'zga tashlandi, ruhiy, o'yin bobida ham. Biroq bu meni oldinga boshladi. Mourinyo menga sardorlik bog'ichini ishonib topshirdi va shunday jamoaning sardori bo'lib tushayotganimni oqlashim kerak edi. Mana shu jihat mening rivojlanishimga turtki bo'ldi", - dedi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports