Podolski: "Arsenal"ni tark etmoqchiman, menga o'yin amaliyoti kerak"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2014, 18:44
"Arsenal" hujumchisi Lukash Podolski qishki transfer oynasi paytida jamoasini tark etmoqchi.

"Arsenal" bilan shartnomam 2016 yilgacha kuchida va Londonda o'zimni yaxshi his qilyapman. Men klub rahbariyati va murabbiy bilan suhbatlashishga harakat qilaman. Zaxira o'rindig'ida shartnomasi tugaguncha o'tiradigan futbolchilardan emasman. Futbol o'ynayshni istayman. Shu sabab ko'ramiz, qaysi tanlov men uchun yaxshi bo'lishini o'ylab ko'raman" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com