Pochettino: "Yangi shartnoma? Men Venger yoki Fergyuson emasman"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2018, 17:41
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub bilan yangi shartnoma tuzish ehtimoli haqida gapirdi.

"Yangi shartnoma imzolamoqchimanmi? Bu klub prezidenti Deniel Leviga tegishli savol. O'z kelajagimni o'zim hal qiladigan Venger yoki Fergyuson emasman. Men faqat asosiy tarkibni tanlayman. Denielga murojaat qiling. Yangi shartnoma yoki katta maosh so'ray oladigan insonlar safiga kirmayman" - deydi Pochettino.

Pochettino hamda "Tottenxem" o'rtasidagi shartnoma 2021 yilning yozigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports