

Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ma'lumot berdi.
"Ramos yaxshi mashg'ulot o'tamoqda. Unda o'zgarishlar bor, Serxio to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Balki u ertangi o'yinda qatnashishi mumkin bo'lar.
Jahon chempioni bo'lgan futbolchi uchun o'ynamaslikning o'zi qiyin. Shunday bo'lsa ham u sabrli bo'lib, mashg'ulotlarni davom ettiryapti. U hozirgi holatidan chiqib keta olishini barchaga isbotlaydi", - dedi Pochettino.



