Plyaj futboli: O'zbekiston jahon reytingida 57-o'rinda

Narzulla Saydullayev
5 sen 2016, 07:57
Plyaj futboli bo'yicha terma jamoalarning avgust oyi yakunlariga ko'ra yangi reytingi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ayni damda reytingning 57-pog'onasida bormoqda. O'zbekiston iyul oyi yakunlariga ko'ra 56-pog'onadan joy olgan edi. Hozirgi vaqtda Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi hisobida 131 ochko mavjud.

Osiyo qitasi terma jamoalari orasida O'zbekiston hozirda 9-o'rinni egallab turibdi. OFKga a'zo mamlakatlar reytingida 1320 ochko to'plagan Eron terma jamoasi yetakchilik qilmoqda.

OFKga a'zo mamlakatlar reytingining kuchli o'nligi quyidagicha ko'rinish olgan:

1 (5) Eron – 1620
2 (11). Yaponiya – 932
3 (13). BAA – 867
4 (15). Ummon – 835
5 (26). Livan – 450
6 (32). Xitoy – 332
7 (40). Vetnam – 271
8 (41). Tailand – 269
9 (45). Bahrayn – 226
10 (56). O'zbekiston – 131

Jahon reytingini 3281 ochko to'plagan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog'ona Rossiya (3095) terma jamoasiga tegishli bo'lsa, uchinchi o'rin Braziliya (2088) termasiga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com