Pirlo ushbu haftadayoq iste'foga chiqarilishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 apr 2021, 23:50
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo ushbu hafta yakunida iste'foga chiqarilishi mumkin.

"La Stampa" xabariga ko'ra, agarda jamoa "Udineze"ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ladigan bo'lsa, ushbu holat ro'y berishi mumkin. Uchrashuv 2 may kuni bo'lib o'tadi.

41 yoshli mutaxassis uchun murabbiyligidagi ilk jamoa aynan "Yuve" bo'lgandi. U 2020 yilning avgustida jamoa boshqaruvini qabul qilib olgandi.

Ushbu mavsumda "Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 4-o'rinda qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Stampa