

“Zlatan har bir gapida va qilayotgan ishlarida sustkashlikka yo'l qo'ymaydi. U juda aqlli, biz qanday o'ynamoqchi ekanligimizni va qanday tayyorgarlik ko'rishimizni biladi.
U jamoaga ijobiy tasir o'tkazadi. Zlatanning tiklanishi uzoq davom etmoqda, uni yana maydonda ko'rishimiz uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Ammo uni Milanelloda ko'rish juda yoqimli”, – dedi Pioli matbuot anjumanida.
“Milan” ayni damda Italiya A seriyasida uchinchi o'rinda bormoqda.


